Dengiz va quruqlik hayvonlarining katta qismi Yer yuzasidan 252 million yil avval ozon qatlamining yo‘qolishi va floraning Quyoshdan tarqalgan ultrabinafsha nurlari bilan ommaviy sterilizatsiya bo‘lishi oqibatida qirilib ketgan. Bu haqda Science Advances jurnaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

“Perm davri oxirida barcha o‘rmonlar ultrabinafsha nurlanish darajasining keskin ortishi natijasida yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lishi mumkin. Vulqonlar otilishi ozon qatlamini yo‘q qilgan yoki noziklashtirgan va bu sayyora o‘rmonlarini yo‘q qilib yuborgan hamda uni barcha ozuqa zanjiri asoslaridan mahrum qilgan”, — deb ma’lum qilgan Kaliforniya universiteti olimi Jeffri Benka.