Yevropaga yopirilgan qor bo‘roni Fransiya, Ispaniya, shuningdek, Bosniya va Gersegovinani qoplab oldi. “TASS” Fransiya va Ispaniyadagi holat aks etgan suratlarni taqdim etdi.
Fransiyaning 14 ta departamentida qor va sovuq sababli meteoxavflilikning apelsinrang darajasi joriy qilingan. Noqulay ob-havo sababli Eyfel minorasi tashrif buyuruvchilar uchun yopilgan.
Ispaniya davlat meteorologiya agentligi noqulay ob-havo sababli xavflilikning sariq yoki apelsinrang darajasini joriy qilgan, 355 ta yo‘lda harakat qiyinlashgan, 60 ta trassa yopilgan, yana 110 ta avtomobil sirg‘alishga qarshi maxsus zanjirlardan foydalanishga majbur bo‘lgan.
Izoh (0)