Sardor Rashidov faoliyatini Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi safida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yozda Rashidov Amirliklarning “Al-Jazira” klubi bilan 2 yillik kelishuvga erishgan bo‘lib, klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida to‘p surishdan umid qilgandi. Biroq “Jazira”ning gollandiyalik bosh murabbiyi Rashidovni birorta ham o‘yinda maydonga tushirmadi. Shuningdek, futbolchi boshlang‘ich tarkibning muqim a’zosiga aylana olmadi.
Ikki tomon kelishuviga ko‘ra, 2 yillik bitim bekor qilinib, Rashidov ona shahri Jizzaxga qaytib kelgandi. Fursatdan foydalangan va Chempionlar Ligasida munosib ishtirok etishni maqsad qilayotgan “Lokomotiv” uni o‘z safiga chorladi va 1 yillik kelishuvga erishdi. Bungacha Rashidov o‘zining sobiq murabbiyi boshqarayotgan Fransiyaning “Renn” klubi safiga yozda borib qo‘shilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Izoh (0)