Osiyoning 2016-yildagi eng yaxshi futbolchisi Umar Abdulrahmon O‘zbekiston milliy terma jamoasi Sardor Rashidovga qo‘ng‘iroq qilib, “Al-Ayn” safiga o‘tishni so‘radi. Bu haqda Rashidov “Futbol Ekspress” nashriga bergan intervyusida qayd etib o‘tgan.
Menda Amirliklardan ko‘p takliflar bor: “Al-Ayn”, “Al-Ahli”, “Al-Jazira”, “Al-Vahda”, “Al-Vasl” va “Sharja”. Ular orasidan o‘zim uchun eng yaxshi taklifni qabul qilmoqchiman. Bu katta ehtimol bilan “Al-Jazira” bo‘ladi. Chunki ular klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘ynaydi. Bundan tashqari, Chempionlar ligasida ishtirok etadi. “Al-Ayn”da o‘ynash ishtiyoqim ham bor. Ammo ular chempionatda 4-o‘rinni egallab, Chempionlar ligasidan quruq qoldi. Yakuniy qarorni iyun oyida qabul qilaman.“Al-Ayn” 2016-yil Chempionlar ligasining finaliga qadar yetib borgan bo‘lib, yarim finalda Sardor Rashidov to‘p suradigan “Al-Jaish”ni mag‘lub etgandi. O‘sha mavsumda Osiyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘la olgan “Al-Ayn” yetakchisi Umar Abdulrahmon Sardor Rashidovni olib kelish uchun shaxsan o‘zi aloqaga chiqqan.Sardor Rashidov, “Al-Jaish” a’zosi
Umar Abdulrahmonning o‘zi meni jamoasida ko‘rishni xohladi. “Al-Ayn” o‘tgan yili ham meni sotib olish istagida edi. Ammo jamoam rozi bo‘lmagandi.Ma’lumot uchun, “Al-Ayn” safida Umar Abdulrahmon bu yil hisobidan “Bunyodkor”ga qarshi ikki bor maydonga tushdi va har ikkisida ham 1 tadan gol bilan, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi: 3:2, 3:0.Bu safar Umar menga qo‘ng‘iroq qilib, birga to‘p surish niyati borligini aytdi. Ammo menga “Al-Jazira” varianti qiziqarliroq. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati orqali o‘zimni ko‘rsatishim mumkin.
Sardor Rashidov, “Al-Jaish” a’zosi