Shayhontoxur tumani Uyg‘ur ko‘chasida yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning sovuqdan muzlab qolgani aniqlandi, deb xabar beradi “Telegraf.uz”.
Xabarda qayd etilishicha, uysiz fuqaro huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan kasalxonaga joylashtirilgan. Unga oyoq panjasi sovuq qotishi tashxisi qo‘yilgan hamda davolanish uchun olib qolingan.
Avvalroq, Toshkent shahridagi shifoxonalarda aniq yashash manzili bo‘lmagan kishilar isinib, tibbiy yordam olishi uchun o‘rinlar ajratilgani haqida xabar berilgan edi.