Toshkent shahar IIBB tomonidan poytaxt fuqarolari va mehmonlariga xizmat ko‘rsatish maqsadida “maxsus patrul” guruhlari tashkil etildi. Bu haqda idora matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu guruhlar zamonaviy kiyim-kechak, maxsus anjom va texnika vositalar bilan ta’minlandi.
“Maxsus patrul” guruhlari tomonidan shahar fuqarolari hamda chet eldan kelgan mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida Toshkent vokzali, Islom Karimov xalqaro aeroporti va Mustaqillik maydonida xizmat olib borishi yo‘lga qo‘yildi.
Zamonaviy uyali telefon vositasiga yuklangan Translator dasturiy tizimi yordamida mehmonlar bilan chet tillarda ovozli tarjima orqali muloqot qilish hamda Navigator dasturiy tizimidan foydalangan xolda poytaxtning turli manzillari va joylari yuzasidan elektron xarita orqali ma’lumotlar taqdim etib yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yaratildi.