2-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Farg‘onada siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchalarida yuzlab avtomobil navbati kuzatilmoqda. “Bu yerda besh yuzdan ortiq avtomobil navbat kutmoqda. Kun sovuq. Navbat esa kamida uch soatda keladi”.
2. Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi sifatidagi faoliyatini yakunladi. “O‘n yil davomida diplomat sifatidagi faoliyatim albatta hayotimning muhim qismiga aylangan edi”.
3. Toshkentda “maxsus patrul” guruhlari ish boshladi. Bular libosi va ko‘zoynaklaridan militsiya emas, xuddi politsiyaga o‘xshaydi!
4. O‘zA: “O‘rikzor” bozori sotuvga qo‘yilmagan. Kunning birinchi qismida bozor kimoshdi savdosi orqali sotilishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
5. Farg‘onalik talaba qiz: “Men ham o‘zga yurtlarda sarson bo‘lmasligim uchun ota-onam Rossiyada ishlayapti”. “Daryo” “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida o‘zi yoki yaqinlari xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlarning fikrlarini e’lon qilishda davom etadi.
6. Toshkentda sovuqdan muzlab qolgan uysiz kishi kasalxonaga joylashtirildi. “Unga oyoq panjasi sovuq qotishi tashxisi qo‘yilgan hamda davolanish uchun olib qolingan”.