Bugun — 1-fevral kuni futzal bo‘yicha Osiyo Chempionati start oladi. Unda Bahodir Ahmedov murabbiyligida O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etadi. O‘FA jamoa oldiga chempion bo‘lish vazifasini qo‘yib, ularni Xitoy Taypeyi mamlakatiga kuzatib qo‘ygandi.
O‘zbekistonlik futzalchilar o‘z guruhida Yaponiya, Tojikiston va Janubiy Koreya termalari bilan to‘qnash keladi. 1-turda koreyaliklarga qarshi zalga chiqadigan o‘zbekistonlik futzalchilar ishtirokidagi o‘yin Sport-TV orqali jonli namoyish qilinadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 13:30 da start oladi. Parallel o‘yinda esa Yaponiya futzalchilari Tojikiston termasini sinovdan o‘tkazadi.
Ikki yil avval Osiyo Chempionatiga Toshkent mezbonlik qilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston termasi finalga qadar yetib borgan va hal qiluvchi o‘yinda Osiyo gegemoni bo‘lgan Erondan 1:2 hisobida yengilgandi. O‘sha natija sabab O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
2017-yil yakunida O‘zbekiston futzal assotsiatsiyasi bekor qilinib, u O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tarkibiga kiritilgan.
Izoh (0)