Turkiyada avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Haberturk nashri ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Avtobus Xataydan Mush shahriga yo‘nalgan edi. U qor qoplagan trassada harakatlanayotib, yo‘l chetidagi ariqqa chiqib ketgan va ag‘darilgan. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa joyida shifokorlar, qutqaruvchilar va politsiya ish olib bormoqda.
Izoh (0)