Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AdMe o‘z iqtidoriga ega bo‘lishiga qaramasdan katta kinolarning yulduziga aylanish nasib qilmagan aktyor va aktrisalarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.

Josh Xartnett

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“Perl-Xarbor” va “Qora qirg‘iy” filmlaridagi rolidan so‘ng, aktyor ekshen-rollar uning uchun emasligini tushunib yetdi. Josh ko‘plab ssenariylardan va hatto Supermen rolini ishtor etishdan ham bosh tortgan. Hozirda aktyor oz budjetli film va seriallarda rol o‘ynamoqda.

Armi Xammer

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“Ijtimoiy tarmoq” filmida egizaklar rolini qoyilmaqom qilib ijro etganidan so‘ng, boshni aylantiruvchi muvaffaqiyat o‘rniga aktyor omadsizlikka uchradi. “A.N.K.L. agentlari” filmi prokatlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Xammerning eng yaxshi ishi — Cars 3 multfilimiga ovoz bergani bo‘ldi.

Deniz Richards

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Aktrisaning faoliyasi teleshoulardan birida boshlangan, Gollivudda “Yulduzli desant” fantastik filmida rol ijro etib “omad chiptasi”ni qo‘lga kiritgan. Ushbu kartinaning ortidan “Yovvoyi” trilleri chiqqan, biroq muvaffaqiyatga erishmagan.

Aleks Pettifer

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“Momaqaldiroq” nomli josuslik filmi omadsizlikka uchragach, aktyor “Men — to‘rtinchiman” trillerida rol ijro etgan. Biroq ushbu kartina ham kutilgan natijani bermadi. Hozirda Pettifer unchalik taniqli bo‘lmagan filmlarda rol o‘ynamoqda.

Lili Kollinz

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Aktrisa o‘z faoliyatini yaxshi boshlab olgan, biroq “Oppog‘oy: Gnomlar qasosi” komediyasidan so‘ng u muvaffaqiyatsizlikka uchragan. “O‘lim quroli: Suyaklar shahri” kartinasidan so‘ng esa u butkul yo‘qolib qolgan. O‘tgan yili ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan “Qoidasiz” filmi uchun “Oltin globus”ga loyiq topilgan.

Garret Xedlund

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Aktyor modellik karyerasini o‘smirligidayoq boshlangan. Voyaga yetgach, modellikdan kino biznesiga o‘tgan. “Troya” filmida Patrokl rolini ijro etgan. Keyinroq Xedlund “Taxt: Meros” kartinasida bosh rolni ijro etgan, biroq kutilganidan muvaffaqiyatga erishmagan.

Teylor Lotner

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“G‘ira-shira” filmidan so‘ng aktyorni omadli karyera kutib turgan edi. Unga ko‘pchilik yoshlar kinosining yangi yulduzi sifatida qaragan. Ammo uning “G’ira-shira”dan keyingi birinchi filmi — “Quvg‘in” prokatlarda omadsizlikka uchragan.

Kristin Devis

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Sharlotta ismi bilan tanilgan aktrisa ko‘pchilik kutganidek omadga erisha olmadi. U bir necha bor spirtli ichimliklardan davolangan va ko‘plab mojarolarga qo‘shilib qolgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi