Karate bo‘yicha jahonning vitse-chempioni hisoblangan Sadriddin Saymatovga ikki xonali uyning kaliti topshirildi, deb yozdi “Olamsport” nashri.
-60 kilogramm vazn toifasidagi janglar orqali o‘zini ko‘rsatib kelayotgan sportchi Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan siylangan. Qayd etilishicha, Saymatov o‘tgan yilning noyabr oyiga kelib, o‘z vazn toifasida jahon reytingida peshqadamga aylangandi.