Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShda otishmada qolib ketishi mumkin bo‘lgan maktab o‘qituvchilari uchun ommaviy otishma simulyatori yaratildi. Simulyator Milliy xavfsizlik departamenti va AQSh armiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Simulyator Unreal Engine o‘yin platformasida yaratilgan bo‘lib, Enhanced Dynamic Geo-Social Environment deb nomlanadi.

Xabar berilishicha, yaratuvchilar simulyatorni haqiqiy reallikka yaqinlashtirish maqsadida “Sendi-Xuk” boshlang‘ich maktabida yuz bergan ommaviy qotillikning audio yozuvlarini eshitgan.

Shuningdek, yaratuvchilar zarur detallarni to‘plash maqsadida hodisa qurbonlaridan biri bilan gaplashgan.

Ishtirokchilar simulyatsiyadan o‘tish vaqtida to‘siqlar qurish va eshiklarni bloklash bo‘yicha yordam oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi