Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Pokistonga xavfsizlik sohasidagi moliyaviy ko‘makni taqdim etishni to‘xtatib qo‘yadi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Noyert ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. Bu Islomobod “Tolibonga nisbatan chora ko‘rishni boshlamagunicha” shunday bo‘ladi.

Foto: AP

Foto: AP

Shu bilan birga Davlat departamenti vakili gap qancha summa haqida borayotganiga aniqlik kiritmadi.

“Pokiston hukumati guruhlarga, shu jumladan, afg‘on Toliboniga nisbatan choralar ko‘rishni boshlamagunicha, Pokistonga xavfsizlik sohasida yordam berishni to‘xtatib qo‘yishimizni tasdiqlashimiz mumkin”, — dedi Noyert brifingda.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp so‘nggi 15 yil davomida AQSh tomonidan Pokistonga amalga oshirilgan ko‘p milliardli pul o‘tkazmalarini “ahmoqlik” deb atagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi