Qarshida “Milliy armiyamiz — yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 26 yilligi va 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan harbiy texnikalar namoyishi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shahar ko‘chalari bo‘ylab zirhli harbiy texnika tantanali marsh bilan harakatlandi.
Eng so‘nggi rusumdagi kompyuterlashtirilgan harbiy texnikalarni o‘zbek o‘g‘lonlari mahorat bilan boshqarib borayotganini ko‘rish qalbimda iftixor tuyg‘usini yanada yuksaltirdi. Prezidentimizning ham maqsadi intellektual salohiyatli, zamonaviy bilimlarni puxta egallagan harbiylarga ega milliy armiyamizni shakllantirishdir. Bunday yoshlar bizning umidimiz, kelajagimiz. Ular xalqimiz osoyishtaligi, osmonimiz musaffoligi va davlatimiz sarhadlari daxlsizligini ta’minlashga qodir.Bo‘ri bobo Norqobilov, mehnat faxriysi.
Harbiy texnika namoyishida ishtirok etgan 1000 dan ziyod o‘quvchi-yoshlar harbiy texnika, o‘qotar qurol-aslaha bilan yaqindan tanishdi, mutaxassislardan ular to‘g‘risida ma’lumotlar oldi.
Izoh (0)