O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus qatnovi 5-yanvardan ishga tushiriladi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.
Avtobuslar Toshkent – Chimkent – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi.
5-yanvar kuni prezentatsion reys amalga oshiriladi. Keyinchalik har kuni 6:00 dan 20:00 gacha bir soat oraliq bilan avtobusloar qatnay boshlaydi. Yo‘nalishning boshlang‘ich va yakuniy punktlari “Toshkent” (O‘zbekiston) va “Chimkent” (Qozog‘iston) avtovokzallari bo‘ladi.
Reyslar qulay zamonaviy avtobuslarda amalga oshiriladi. Ularning nazorat-o‘tkazish punktlarida turib qolmasligi uchun birinchi galda tekshirib, o‘tkazilishi uchun sharoit yaratiladi. Ular O‘zbekistonning “G‘ishtko‘prik” va Qozog‘istonning “Jibek jo‘li” punktlaridan o‘tadi.
Izoh (0)