“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 30-dekabrdan 3-yanvargacha bo‘lgan davrda mahalliy yo‘nalishlar bo‘yich chiptalarga chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda, kompaniya matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Oldinroq Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Yangi yilda besh kunlik dam olish tartibi o‘rnatilgan edi. Shu munosabat bilan aviakompaniya dam olish kunlari uning xizmatlaridan foydalanishni istagan mijozlariga imtiyozlar taqdim etdi.
Kompaniya ma’lumotlariga qaraganda, besh kishidan boshlanadigan turistik guruhlar, 6–15 yoshdagi bolalar, shuningdek, kollej, litsey va universitet talabalari uchun 40 foizlik chegirma taqdim etiladi.
50 foizlik chegirma esa ikki va undan ko‘proq a’zodan iborat oilalarga, shuningdek, bolalari bilan ketayotgan ota-onalarga taqdim etiladi.
Izoh (0)