Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida bo‘lib o‘tgan “Prezident archasi” tadbirida 903 nafar bolaga Prezident sovg‘asi topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Prezident archasi” shodiyonasiga mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari, shuningdek, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda vatan himoyasi yo‘lida qurbon bo‘lgan ichki ishlar xodimlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari taklif etildi.
Izoh (0)