Belarus jahonda birinchilardan bo‘lib kriptovalyutani va smart-shartnomalarni legallashtiradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Smart-shartnoma deganda onlayn shartnomalar va blokcheyn texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi kompyuter dasturi tushuniladi.
Belarus rahbariyati mamlakatda axborot texnologiyalari rivojlanishi qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda. Mamlakat prezidenti e’lon qilgan dekretga ko‘ra, mamlakatga IT-dasturchilari mamlakatga yashash va ishlash uchun kelishi osonlashadi, shuningdek, mayning faoliyati soliqqa tortilmaydi.
Izoh (0)