Har qanday uy bekasining doimiy muammosi – qanday qilib yig‘lamasdan piyoz to‘g‘rash mumkin?

Foto: Shutterstock

Balki, bizning bir nechta oddiy maslahatlarimiz bu qiyinchiliklardan qutulishga yordam berar.

  1. Agar buning iloji bo‘lsa, piyozni oldindan 30 daqiqa sovitgichga yoki 10 daqiqa muzlatgichga qo‘ying. Sovuq muhit oltingugurt birikmasining tarqalishiga to‘sqinlik qiladi. Lekin piyozni doimiy ravishda sovitgichda saqlash tavsiya qilinmaydi, chunki bu piyozning yumshab qolishiga va chirishiga olib keladi.
  2. Pichoq o‘tkir qilib qayralgan bo‘lishi kerak. O‘tkir tig‘dan foydalanish piyoz hujayralarining shikastlanish darajasini, ya’ni oltingugurt ajralib chiqishini kamaytirishga yordam beradi.
  3. Pichoqni vaqti-vaqti bilan sovuq suvda ho‘llab turish kerak. Suv oltingugurt ta’sirini kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek tozalangan piyozni oqib turgan suvga ivitib qo‘yish tavsiya qilinadi, lekin ko‘p vaqtga emas, chunki suv piyozni biroz yumshatadi va buning natijasida uning ta’mi o‘zgarishi mumkin.
  4. Sovuq suvning oltingugurtni “tortib olish” xususiyatini piyoz to‘g‘rashda og‘izga suv to‘ldirgan holda tekshirib ko‘rish mumkin. Ko‘pchilikning ta’kidlashicha, bunday usul ko‘z yoshlariga qarshi kurashishda juda samarali hisoblanadi.
  5. Piyozni to‘g‘rashda ildizini kesib yubormang – aminokislotalarning eng katta miqdori aynan uning ichida joylashgan bo‘ladi.

Bu “achchiq dushman” bilan duch kelganda ko‘z yoshlaridan qutulishga imkon beradigan maslahatlarning eng kichik qismidir. Ular sizga albatta yordam beradi va agar sizda ko‘z yoshlari paydo bo‘lsa, unda u faqat quvonch tufayli yuzaga keladi deb umid qilamiz!

Manba: “Xitrosti jizni”