Rossiyaning Krasnodar shahrida istiqomat qiluvchi mergan piyodalarni o‘qqa tutgani tufayli politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
Aytilishicha, shaharning markaziy ko‘chalaridan biri o‘q ovozlari eshitilgan. Odamlarning shikoyati asosida voqea joyiga huquq-tartibot idoralari vakillari yetib kelgan.
Qo‘lga olingan erkak yangi sotib olgan miltig‘ini tekshirib ko‘rish uchun odamlarga qarata paxtavon o‘qlardan otganini tan olgan. U jami 30 ta patron ishlatgan
Erkak bezorilikda ayblanib hibsga olindi.
Izoh (0)