Buxoro viloyatida Milliy xavfsizlik xizmati Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti bilan hamkorlikda noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxslarni ushladi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Aytilishicha, ikki kishi 8610 dollarni 70 million so‘m evaziga sotishga uringanida qo‘lga olingan.
Ularning yonidan jami 10762 dollar, shuningdek, 11,1 million so‘m topilgan.
Qonunbuzarlarga nisbatan JKning 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini noqonuniy sotish va sotib olish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)