Billboard jurnali 2017-yilning 100 ta eng yaxshi qo‘shiqlari reytingini e’lon qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Nashr tomonidan tuzilgan reytingning birinchi o‘rnini Selena Gomesning Bad Liar qo‘shig‘i egalladi.

Ikkinchi o‘rindan Cardi B’ning Bodak Yellow qo‘shig‘i o‘rin oldi. Kuchli uchtalikka Kelvin Xarris va Frenk Oushenning Slide qo‘shig‘i yakun yasadi.

YouTube’da eng ko‘p tomosha qilingan Luis Fonsi va Deddi Yankining Jastin Biber ishtirokidagi Despacito qo‘shig‘i nashr reytingining to‘rtinchi o‘rnidan joy oldi.

Kuchli o‘ntalikka Lul Uzi Ver ijrosidagi XO TOUR Llif3, Kendrik Lamarning Humble, J Balvin, Beyonce va Uilli Uilyam ijrosidagi Mi Gente qo‘shig‘ining remiks varianti, shuningdek, One Direction guruhi xonandasi Garri Staylsning Sign of the Times qo‘shig‘i ham kiritilgan.

Reytingning to‘qqizinchi va o‘ninchi o‘rnini The Weeknd va Daft Punk ijrosidagi I Feel It Coming va Portugal ijrochilarining Feel it Still qo‘shiqlari zabt etdi.