Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya yetakchisi saylovoldi kampaniyasi chog‘ida nomzodlar munozaralarida qatnashmasligi sabablari haqida gapirdi. Video “Rossiya 24”ning YouTube-kanaliga joylandi.

Foto: “Kommersant”

Foto: “Kommersant”

Peskovning ta’kidlashicha, bu Putin amaldagi davlat rahbari ekanligi bilan bog‘liqdir. “Uning holatida uning nomzodligi boshqa qonunlar bo‘yicha o‘tadi. Ammo bu boshqalar uchun ham teng bo‘lgan qonunlardir. Biroq mana shu amaldagi prezidentlik tamg‘asi, albatta, vaziyatni butunlay o‘zgartiradi, deyishimiz mumkin”, — dedi Peskov va bunday munozaralar “o‘z mohiyati bo‘yicha ancha ma’nisiz” ekanligini qo‘shib qo‘ydi.

Shuningdek, Rossiya yetakchisi matbuot kotibi saylovda qatnashish niyati haqida e’lon qilgan va 14-dekabr kungi Putin matbuot anjumani uchun akkreditatsiyadan o‘tgan teleboshlovchi Kseniya Sobchak ushbu tadbirdan mamlakat prezidenti bilan munozaralar maydoni sifatida foydalanmasligiga umid bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi