Noodatiy laboratoriya tajribasi olimlarga spirtlar, qandlar va aminokislotalar molekulalaridan iborat asosiy “hayot g‘ishtchalari” ochiq kosmosda metan va boshqa oddiy molekulalardan ularning kosmik nurlar bilan to‘qnashishi natijasida hosil bo‘lganini tushunishga yordam berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Mazkur molekulyar sintez reaksiyalari Quyosh tizimida biogenez va eng oddiy “hayot g‘ishtchalari”ning yuzaga kelishida hamda Koinotning boshqa burchaklarida hayotning paydo bo‘lishi va organik molekulalarning evolutsiyasida ma’lum rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin.