Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz as-Saud boshqa ixtiloflar qatorida Falastin masalasini ham siyosiy yo‘l bilan, qonun asosida hal qilishga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
U jahon hamjamiyatini falastinliklarga Sharqiy Quddus poytaxti bo‘lgan mustaqil davlat yaratishda yordam berishga chorladi.
“Qirollik mintaqadagi barcha ixtiloflarning, birinchi navbatda Falastin muammosining siyosiy yechimini topishga chaqiradi. Falastinliklarga qonuniy haq-huquqlarini qaytarishga, ularga mustaqil davlat tuzishda yordam berishga chorlaydi”, — dedi u Konsultativ kengashning navbatdagi sessiyasida amalga oshirgan chiqishida.
Qirol AQSh prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti deb tan olish qarorini qoraladi. Shuningdek, AQSh elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga qaytarishni u Falastin xalqining huquqlarini poymol qilish deb baholadi.
Izoh (0)