Reuters agentligining ikki jurnalisti Myanmaning eng yirik shahri — Yangonda qo‘lga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hukumat vakili Zau Xtay agentlikka ushbu axborotni tasdiqladi:
“Bu to‘g‘ri axborot, ular qo‘lga olindi. Nafaqat ular, balki ishga aloqador politsiyachilar ham ushlandi. Biz u politsiyachilar va muxbirlarga nisbatan chora ko‘ramiz”.
U jurnalistlar nima sababga ko‘ra ushlanganiga aniqlik kiritmadi.
Frontier Myanmar nashriga ko‘ra, politsiya kechki payt jurnalistlarni to‘xtatib, ularni tekshirgan. Muxbirlar yonidan ikki harbiy hisobot hamda musulmonlar istiqomat qiluvchi Rakxayn viloyatida joylashgan, ixtilof davom etayotgan aholi yashash punktining xaritasini topgan.
Nashrga ko‘ra, jurnalistlar harbiy hujjatlarni noqonuniy saqlaganlikda ayblanmoqda. Buning uchun ular 14 yilgacha qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin.
Bir necha oy ilgari Myanmaning Rakxayn viloyatida musulmon ozchilik — roxinjalarga qarshi qirg‘in avj olgan edi. Roxinjalarning ko‘pchiligi qo‘shni Bangladesh hududiga qochib ketdi. Viloyatning ayrim hududlarida ixtilof davom etmoqda.
Izoh (0)