Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nyu-York meri Bill De Blazio Manxettendagi portlashdan so‘ng shahar aholisiga dalda bo‘lishi uchun metroga tushdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Twitter/<span style= @EricFPhillips" data-action="zoom" class="border lazyload" />

Foto: Twitter/ @EricFPhillips

“Mer metroning Q yo‘nalishida. Nyu-York aholisini cho‘chitib bo‘lmaydi”, — deya yozuv qoldirdi Twitter’dagi sahifasida De Blazioning matbuot kotibi Erik Fillips.

Filipps mazkur yozuvga De Blazio metro vagonida telefon ekraniga tikilib turgan fotoni ham ilova qildi.

Eslatib o‘tamiz, portlash ijrochisi deb gumon qilinayotgan 27 yoshli Aqoyid Yulla hujumni AQShning IShID obyektlariga aviazarbalariga javoban uyushtirganligini bildirdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi