Nyu-Yorkdagi avtovokzal yaqinidagi portlash ijrochisi deb gumon qilinayotgan 27 yoshli Aqoyid Yulla tergovchilarga hujumni AQShning Suriya va boshqa joylardagi IShID obyektlariga aviazarbalariga javoban uyushtirganligini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru” The New York Times’ga tayanib.
Politsiya xodimlari so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi o‘zining Rojdestvo plakatlari yordamida hujum uchun joy tanlagan.
Ta’kidlanishicha, u Yevropadagi teraktlardan “ilhomlangan”.
Tergovchilar taxmin qilishicha, u yakka holda harakat qilgan, ammo boshqa versiyalar ham o‘rganib chiqilmoqda.
“Menimcha, u o‘lishga tayyor bo‘lgan, biz videoda u simlarni ulayotganligini ko‘rdik”, — dedi huquq-tartibot xodimlaridan biri.
Avvalroq Nyu-York ma’muriyati 11-dekabr kuni Manxettenda ro‘y bergan portlashni terakt deb tan olgan edi. Portlash chog‘ida Yulla yaralandi, shundan so‘ng politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Yana to‘rt kishi kichik jarohatlar oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.