23—24-dekabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatrida Moskva viloyati yosh tomoshabinlar teatrining Aleksandr Volodin pyesasi asosida rejissor Pavel Safonov tomonidan sahnalashtirilgan “Besh oqshom” spektakli namoyish etiladi. Bu haqda Uzbekistan Today xabar bermoqda.
Spektaklda bosh rollarni Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Nonna Grishayeva va Aleksey Rijkov ijro etadi.
Yangi yil premyerasi tashkilotchilari va homiylari “O‘zbekneftgaz” AJ va “Teatr do‘stlari klubi” hisoblanadi.
Tashkilotchilar yoshlar uchun maxsus aksiyani ham ko‘zda tutgan. San’at va madaniyat yo‘nalishidagi OTM va kollejlarning 200 nafar talabasiga “Besh oqshom” spektakliga bepul chiptalar taqdim etiladi.