Ispani La Ligasining 15-turi doirasida barcha yetakchi klublar maydonga tushib ulgurdi. Chempionlik uchun da’vogar klublardan “Valensiya” va “Real” shanba oqshomida g‘alaba qozongan bo‘lsa, yakshanba kuni “Atletiko” va “Barselona” bu ishni takrorladi.
Kataloniyalik futbolchilar kunning markaziy o‘yinini “Vilyarreal” maydonida o‘tkazib, ishonchli g‘alabaga erishdi. Hujumchilar Luis Suares va Lionel Messi tomonidan urilgan gollarga mezbonlar javob qaytara olmadi.
Ayni vaqtda Messi 14 ta gol bilan chempionat to‘purari bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinda 10 ta gol bilan “Valensiya” hujumchisi Simone Dzaza bormoqda.
Diyego Simeone boshqaruvidagi “Atletiko”ga mazkur turda Saulning goli 3 ochko keltirdi. Shu tariqa Madrid jamoasi hamshahri “Real”dan yana ilgarilab ketdi. Hozirgacha “Atletiko” va “Barselona”ni taslim qiladigan klub topilganicha yo‘q.
Krishtianu beshinchi “Oltin to‘p”ni olganidan so‘ng, “Real” Madridda “Sevilya”ga 5 ta gol urdi
Ispaniya La Ligasi 15-tur bellashuvlari 10-dekabr, yakshanba“Real Sosyedad” — “Malaga” 0:2
Gollar: Borxa Baston, 23-pen (0:1). Chori Kastro, 58 (0:2).Noaniq penalti: Borxa Baston, 58 (M).“Betis” — “Atletiko” 0:1
Gol: Saul, 29 (0:1).“Levante” — “Atletik” 1:2
Gollar: Arits Aduris, 5-pen (0:1). Aymerik Lyaport, 73-avt (1:1). Serxio Postigo, 79-avt (1:2).“Vilyarreal” — “Barselona” 0:2
Gollar: Luis Suares, 72 (0:1). Lionel Messi, 83 (0:2).Chetlatish: Raba, 60 (V).11-dekabr, dushanba“Espanyol” — “Jirona” 01:00
Izoh (0)