11-dekabr kuni Janubiy Koreya Shimolning korporatsiyalari va shaxslariga qarshi sanksion choralarni kengaytirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Janubiy Koreya hukumati vakillariga ko‘ra, sanksion ro‘yxatga KXDRning 20 ta korporatsiyasi, jumladan, qator banklar va kompaniyalar, shuningdek, 12 kishi kiritildi.
Janubiy Koreya birlashish vazirligi bunday choralar jahon hamjamiyatiga KXDRning alohida shaxslari va korporatsiyalari bilan operatsiyalar o‘tkazish tahdidini eslati turishi lozim.
Ro‘yxatga kiritilgan korporatsiyalar orasida Rason International Commercial Bank va Korea Zinc Industrial Group bor.
Izoh (0)