Ruminiya
Yashash: 6 yevrodan xostellar, 11 yevrodan standart yashash joylari boshlanadi
Ovqatlanish: 3 yevrodan boshlanadi
Transport: 0,34 yevrodan boshlanadi
Ruminiya — bu ertak va haqiqiy hayot uyg‘unlashib ketgan mamlakat. Bu yerda Skerishoar g‘orini, ASTRA bog‘ini, Transfegerashk shossesini, Pelesh qasrini, shuningdek, loy vulqonlarni tomosha qilish mumkin.Laos
Yashash: 4—9 yevrodan boshlanadi
Ovqatlanish: 2 yevrodan boshlanadi
Transport: 2 yevrodan boshlanadi
“Millionlab fillar mamlakati” o‘zining ajoyib tabiati bilan mashhur. Bu yerda Bokeo junglilari bo‘ylab ekoturni amalga oshirish, daryolarda suzish va sharsharalarni tomosha qilish mumkin.Portugaliya
Yashash: 8—16 yevrodan boshlanadi
Ovqatlanish: 4 yevrodan boshlanadi
Transport: 1,85 yevrodan boshlanadi (avtobus)
Portugaliyada Madeyra oroliga tashrif buyurish, Altо-Dorо vinolaridan ta’tib ko‘rish, Pen qasrining yorqin kadrlarini tomosha qilish, shuningdek, Azor orollaridagi kitlar bilan tanishish mumkin.Bolgariya
Yashash: 7—15 yevrodan boshlanadi
Ovqatlanish: 2 yevrodan boshlanadi
Transport: 0,51 yevrodan boshlanadi
Mehmondo‘st Bolgariya o‘zining Nessebr, Sozopol, Rivera “Quyoshli qirg‘oq” kabi dengiz kurortlari bilan mashhur. Bu yerdagi Yettita Ril ko‘li, Belogradchik qoyalari, atirgullar vodiysi ko‘pchilikni hayratga soladi.Peru
Yashash: 5—11 yevrodan boshlanadi
Ovqatlanish: 2 yevrodan boshlanadi
Transport: 0,4 yevrodan boshlanadi
Peruning eng mashhur joyi — Machu-Pikchu. Inklar shahri juda chiroyli, biroq afsonaviy Titikaka ko‘li, ulkan Gokta sharsharasi, “abadiy bahor” shahri Arekipa, Amazonka junglilari ham go‘zallikda undan qolishmaydi.Vengriya
Yashash: 7—10 yevrodan boshlanadi
Ovqatlanish: 2,5 yevrodan boshlanadi
Transport: 1,14 yevrodan boshlanadi
Vengriya o‘zining go‘zal tabiati bilan boshqa Yevropa davlatlaridan qolishmaydi, biroq bu yerda turistlarni alohida bonus kutmoqda — arzon narxlar.Filippin
Yashash: 4—9 yevrodan boshlanadi
Ovqatlanish: 3 yevrodan boshlanadi
Transport: 0,34 yevrodan boshlanadi
Iliq iqlim, Oq plyaj va qadimiy Intramuros — bularning barchasi Filippinda.Bali
Yashash: 3—8 yevrodan boshlanadi
Ovqatlanish: 2 yevrodan boshlanadi
Transport: 0,36 yevrodan boshlanadi
Bali — mo‘jizalar maskani. Bu yerda kapalaklar bog‘ida aylanish, Tirta Ganga suv qasriga tashrif buyurish, Jatiluvi sholi maydonlarida aylanish va ajoyib plyajlarida maroq bilan hordiq chiqarish mumkin.Albaniya
Yashash: 5—10 yevrodan boshlanadi
Ovqatlanish: 2 yevrodan boshlanadi
Transport: 1 yevrodan boshlanadi
Albaniya o‘zining Giroksatra shahri, Skadar ko‘li, Ksamil, Butrinti kabi kurortlari kabi sehrli joylari bilan sayyohlarni o‘ziga jalb etadi.
Izoh (0)