Avstraliyalik aktyor Xyu Jekman agent 007 — Jeyms Bond obrazini katta ekranlarda gavdalantirishdan nega voz kechganiga izoh berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
U 2000-yillar boshida Pirs Brosnanning o‘rnini egallab, yangi Bondga aylanishi mumkin edi. Ammo artist bu imkoniyatdan foydalanmadi.
“Men ‘X odamlar’ filmining ikkinchi qismiga kirishay deb turgandim, shunda agentim qo‘ng‘iroq qilib, Bondga qiziqishim bor-yo‘qligini so‘radi”, — dedi Jekman.
Aktyorning ta’kidlashicha, Bond haqidagi filmlar ssenariylari aqlbovar qilmas syujetlarga boyligi uni qoniqtirmagan, lekin franshiza egalari Jekman bunga aralasha olmasligini bildirgan.
Natijada yangi Bond sifatida katta ekranlarga Deniyel Kreyg chiqdi.
Izoh (0)