“Yulduzlar jangi”da Rey rolini ijro etgan aktrisa Deyzi Ridli go‘yoki to‘qqizinchi epizoddan so‘ng trilogiyani tark etishi haqidagi matbuot xabarini rad etdi. Bu haqda AfishaDaily xabar bermoqda.
Ridlining so‘zlariga qaraganda, Rolling Stone jurnali intervyudan so‘ng uning so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilgan. Shundan so‘ng qolgan OAVlari ham uning ketishi haqidagi ma’lumotni tarqata boshlagan. “Jurnalist bilan trilogiya yana qancha davom etishi haqida gaplashgandik. Shunda men faqat uchta film — yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchiga yozilganligimni aytdim”, — deya aniqlik kiritadi aktrisa.
Ridli, shuningdek, unga navbatdagi qismlarda suratga tushish taklif qilinsa, o‘z roliga qaytishdan xursand bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
Noyabr boshida Disney studiyasi “Yulduzlar jangi”ning to‘rtinchi trilogiyasini chiqarishini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)