Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Hazrati Imom majumasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti xabar bermoqda.
Oliy martabali mehmonga bu yerdagi masjid va maqbaralarning tarixi haqida ma’lumot berildi.
Afg‘oniston Prezidenti majmuada saqlanayotgan Usmon mus’hafi va boshqa tarixiy-ma’rifiy yodgorliklarni zo‘r qiziqish bilan tomosha qildi.
Ashraf G‘ani Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan islom dinini o‘rganish, uning asl insonparvarlik mohiyatini targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.