Rejissor Durdona To‘laganovaning “O‘g‘ri” filmi dekabr oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Dekabr oyining birinchi haftasi kinoreytingida “O‘g‘ri” filmidan keyingi o‘rinlarni Otabek Mirzaxolovning “Labbay rais”, Suhrob Hasanovning “Sevgimiz uchun”, Mirmaqsud Oxunovning “Ada emas, dada”, Siroj Abdullayevning “Daydi”, filmlari band etgan.

Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Kulba”, “Sevgi yosh tanlamas”, “Armon” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

27-noyabr — 2-dekabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. “O‘g‘ri” (melodrama)

Rejissor — Durdona To‘laganova

2-o‘rin. “Labbay rais” (komediya)

Rejissor — Otabek Mirzaxolov

3-o‘rin. “Sevgimiz uchun” (melodrama)

Rejissor — Suhrob Hasanov

4-o‘rin. “Ada emas, dada” (komediya)

Rejissor — Mirmaqsud Oxunov

5-o‘rin. “Daydi” (jangari)

Rejissor — Siroj Abdullayev