Vazirlar Mahkamasi qarori bilan avtomobil va aviatsion benzin, dizel va kema yoqilg‘isi, reaktiv dvigatellar yoqilg‘isi va mazutga qo‘yiladigan talablarning umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, faqatgina hech narsa aralashtirilmagan toza yoqilg‘i xavfsiz deb topilishi mumkin.
Avtomobil benziniga tarkibida metall (marganets, qo‘rg‘oshin, temir) bor birikmalar va suv qo‘shish mumkin emas. Aviabenzinda yashil va qizil rangli bo‘yovchilar ishlatish mumkin.Bundan tashqari, dizel yoqilg‘isiga tarkibida metall bor birikma, reaktiv dvigatellar yoqilg‘isiga esa xavfli darajada faol kimyoviy moddalarni qo‘shish mumkin emas.
Yoqilg‘i xavfsizlik talablariga javob berishi uchun yoqilg‘ini tayyorlovchi, sertifikatsiya organ va nazorat organi javobgar bo‘ladi.
Umumiy texnik reglament 2018-yil 24-mayidan amalga kiradi.
Izoh (0)