AdMe oddiy odamlarning tashrif buyurishiga yo‘l qo‘yilmaydigan maskanlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Gryuinard oroli, Buyuk Britaniya
Orol Sibir kuydirgisi sporalari bilan ifloslangani uchun turistlar uchun yopiq hisoblanadi. Britaniya hukumati Ikkinchi jahon urushi vaqtida Sibir kuydurgisini biologik qurol sifatida Gryuinard orolida sinab ko‘rgan. 1986-yilda uning sporalarni o‘ldirish uchun 280 tonna formaldegid sepilgan, biroq orol hamon xavfli.Fort-Noks, AQSh
Fort-Noks — AQSh oltin zaxiralari saqlanadigan joy bo‘lib, bino ostidagi bunker ko‘rinishida qurilgan. Ombor devorlari granitdan ishlangan, eshigining og‘irligi esa 22 tonnani tashkil etadi, uni portlatib ham ochib bo‘lmaydi. Fort-Noks atrofiga uni qo‘riqlash uchun harbiy bazalar joylashtirilgan.Ers-Rok, Avstraliya
Mashhur qoyaning yoshi taxminan 680 millionga teng bo‘lib, uning asosida qadimiy suratlar chizilgan ko‘plab g‘orlar mavjud. Qoya atrofida tub aholi istiqomat qiladi; ular o‘zining muqaddas joyini muhofaza qilish maqsadida bu yerni yopish talabi bilan chiqqan. Afsonalardan biriga ko‘ra, aborigenlar o‘rtasida kechgan qonli to‘qnashuvdan keyin yer qayg‘u belgisi sifatida havoga ko‘tarilib, qizil tog‘ga aylangan. Tog‘ga ko‘tarilish 2019-yildan boshlab yopiladi.Maunt Ueter, AQSh
Favqulodda operatsiyalar markazi Maunt Ueter — eng qattiq qo‘riqlanadigan obyektlardan biri hisoblanadi. Milliy fojia sodir bo‘lgudek bo‘lsa, u yerga fuqarolar va mansabdor harbiy xizmatchilar ko‘chirib o‘tkaziladi. Markazga sovuq urush davrida asos solingan bo‘lib, u Vashington yaqinida joylashgan.Tora-Bora g‘or kompleksi, Afg‘oniston
Afg‘oniston sharqida joylashgan g‘or kompleksi “Tolibon” va “al-Qoida” terrorchilarning lageri sifatida mashhur. 1980-yildan buyon KGBga qarashli kuchlar qo‘rg‘onni qo‘lga kiritish borasida bir nechta muvaffaqiyatli operatsiyalarni amalga oshirgan. Turistlar uchun eng xavfli maskanlardan biri hisoblanadi.Ise ibodatxonasi, Yaponiya
Yaponiyadagi sintoistlarning asosiy muqaddas maskani. Bu yerga faqatgina imperator oilasi vakillari hamda oliy martabali rohiblar kirishi mumkin. Hudud panjaralar bilan o‘ralgan va turistlar binoning birgina tomini ko‘ra oladi. Ibodatxona ikkita kompleksdan iborat bo‘lib, ulardan biri — imperator oilasining ajdodi, ma’buda Amaterasu, ikkinchisi — yegulik ma’budasi Toyouke sharafiga bunyod etilgan.
Shuningdek, ibodatxona ichida muqaddas otlar ham istiqomat qiladi. Bu turdagi otlar uchta bo‘lib, ulardan biri ibodatxona ichida, ikkitasi tashqarisida yashaydi.Tachay oroli, Tailand
Tailand hukumati Similan milliy bog‘i tarkibiga kiruvchi Tachay oroliga turistlarning tashrif buyurishini taqiqlovchi qaror qabul qilgan. Bunga sabab — turistlarning ushbu hudud ekologiyasiga ko‘rsatayotgan zararli ta’siri.