FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston futbol terma jamoasi 80-pog‘onaga qarab sho‘ng‘idi.
Bungacha o‘zbekistonliklar dunyo reytingida 76-o‘rinni egallab turgandi. Endilikda nafaqat Eron, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Saudiya Arabistoni va BAA termalari, balki Suriya hamda Iroq ham O‘zbekistonni ortda qoldira boshlagan.
Falastin termasi esa ilk bor Isroildan o‘zib ketdi, deb yozdi “Erudit Sport” nashri. Unga ko‘ra, falastinliklar FIFA reytingining 82-pog‘onasidan, Isroil esa 98-o‘rnidan joy olgan.
Reytingda Germaniya termasi peshqadam. Braziliya va Portugaliya kuchli uchlikni yakunlagan. 10 talikdan Argentina, Belgiya, Ispaniya, Polsha, Shveysariya, Fransiya va Chili joy olgan.
Izoh (0)