36 yil deganda Jahon Chempionatiga yo‘llanma olgan Peru terma jamoasi FIFA tomonidan xalqaro maydondan chetlatilishi mumkin. Bu haqda mahalliy Libero gazetasiga asoslanib, Italiya nashrlari xabar berdi.
Boisi, Peru hukumati mamlakat futbol federatsiyasining ishiga aralashishni boshlagan. Aniqrog‘i, federatsiyani Sport Davlat Institutining bir qismi bo‘lishga chaqirgan. Vaziyatdan xabar topgan FIFA esa holat borasida tushuntirish berilishini talab qildi. Ish federatsiya foydasiga o‘zgarmasa, Perudan JCh—2018 chiptasi olib qo‘yiladi.
1-dekabr kuni FIFA JCh—2018 uchun qur’a tashlash marosimini o‘tkazadi. Katta ehtimol bilan Peru masalasi ungacha hal etiladi.
Izoh (0)