O‘zbekiston adliya vazirligida sport pasporti to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sport pasporti yagona namunadagi hujjat bo‘lib, sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligini va uning sport malakasini tasdiqlaydi.
Nizomga muvofiq, sport pasporti o‘smirlar uchun ikkinchi sport razryadidan past bo‘lmagan razryadga ega bo‘lgan, tegishli sport turi bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.
Sport pasportidan:
- sportchining bir jismoniy tarbiya-sport tashkilotidan boshqasiga o‘tishida;
- sportchini sport musobaqalarida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olishda;
- sportchining tibbiy tekshiruvdan o‘tishida;
- sportchi tomonidan sport unvonlari va razryadlarini berish uchun zarur bo‘lgan normalar hamda talablar bajarilishida;
- qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda foydalaniladi.
Shuningdek, hujjatga muvofiq, ikki shakldagi sport pasportlari joriy qilinadi: kitobcha shaklidagi sport pasporti hamda plastik shakldagi sport pasporti.
Izoh (0)