KXDRda ayollar bayrami — Onalar kuni nishonlandi. Mamlakatda erkak va ayollarning tengligi qonun jihatidan rasman ta’minlangan bo‘lsa-da, jamiyat — patriarxat. Ayollar nafaqat fabrikalarda mehnat qiladi, balki uy xo‘jaligi va bolalar tarbiyasi bilan ham shug‘ullanadi. “Kommersant” KXDRdagi ayollarning jamiyatdagi o‘rni tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Qizlar Mehnat partiyasi kunida ijro etiladigan raqs namoyishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. KXDRda har bir maktab o‘quvchisi qo‘shiq aytishni, raqsga tushishni bilishi, musiqiy anjomlarni ishlata olishi kerak.
Noyob kadr — velosiped mingan shaharlik ayol. Shimoliy Koreyada velosiped erkaklarning harakatlanish vositasi hisoblanadi, shaharlik qizlar undan juda kam foydalanadi.
Pxenyanda elektron svetoforlar paydo bo‘lmoqda, biroq yo‘lni tartibga soluvchi xodim chorrahalarda hamon turadi, hatto bo‘shlarida ham. Yo‘l nazoratchisi kasbi — mamlakatda ayollar uchun hurmatli kasb hisoblanadi.
Shimoliy koreyalik maktab o‘quvchilar kiyadigan formalar standartlashtirilgan elementlardan iborat, biroq ular biroz bir-biridan farq qilishi mumkin. Soch turmak esa hammada bir xil.
Kim Ir Sen hamda Kim Chen Irning haykallari — to‘y marosimi vaqtida kelin-kuyovlar suratga tushadigan asosiy joy.
KXDRda oilada ikki nafar farzand bo‘lsa, baxtli oila hisoblanadi, agar farzand bo‘lmasa — baxtsiz oila. Qizlar 20—23 yoshida turmushga chiqadi, yigitlar esa 27—30 yoshida uylanadi.
Samimiy tabassum — Shimoliy koreyalik gidlarning majburiy atributi. Bu yerdagi gidlarning asosiy qismini ayollar tashkil etadi.
Do‘konlarda turistlar uchun shirinliklar, mevalar va suvenirlarni faqatgina ayollar sotadi.
Mamlakat ayollari istagan kasbni tanlashi mumkin va bajargan ishi uchun erkaklar bilan birdek oylik oladi.
Ishdan so‘ng ayollar farzandlariga qaraydi, ovqat pishiradi, uy tozalaydi, kiyim-kechaklarini yuvadi… Erkak shunchaki divanda yotib televizor ko‘rishga haqli.
Turistlar bu yerda ko‘chalar bo‘ylab o‘zi xohlaganidek sayr qila olmaydi, metroga esa tashkillashtirilgan holda, shunda ham tekshirilgan to‘rtta stansiyaga tushishlari mumkin.
KXDR aholisi turistlarning suratga yoki videoga olishiga turlicha munosabat bildiradi: ayrimlar bu borada gidlarga shikoyat qilsa, qolganlari bunga yaxshi munosabat bildiradi va o‘zini xushmuomala tutadi.
Muzeyga ekskursiya uyushtirgan pionerlar fotokameradan qo‘rqib ketishdi.
Ishchi ayollar va erkaklar daladan qaytmoqda. KXDR qishloq xo‘jaligida ayollar va erkaklar birdek mehnat qiladi.
Izoh (0)