Xalqaro terrorchilik halokatli miqyosga chiqdi, Yevrosiyo uchun Yaqin Sharqdan siqib chiqarilgan jangarilar chinakam muammoga aylanmoqda. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Xalqaro terrorchilik halokatli miqyosga chiqdi, uning chegarasi qolmadi. Bugun Yer kurrasining har qanday nuqtasi halokatli zarbalar obyektiga aylanishi mumkin. Uchinchi mingyillik boshlanganidan buyon teraktlar soni, shuningdek, uning oqibatida halok bo‘lganlar soni o‘n barobarga oshdi. 2016-yili teraktlar 104 mamlakatda sodir bo‘ldi, bu dunyoning yarmidan ko‘pi demak”, — dedi u Ostona ekspertlar klubidagi chiqishida.
Davlat rahbari, shuningdek teraktlar nafaqat rivojlanayotgan, balki rivojlangan davlatlarda bo‘layotganini, soxta islomiy oqimlar esa ta’sir doirasini kengaytirib, yangi davlatlar hududiga kirayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)