Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida fuqaro o‘z kuyoviga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 6-noyabr kuni fuqaro o‘z uyida kuyovi bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Orada ular janjallashib ketgan, oqibatda fuqaro o‘z kuyoviga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan.
“Jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan”, — deyiladi Toshkent viloyati IIB axborotida.
Ma’lum bo‘lishicha, holat yuzasidan pichoq urgan shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh: Xabar tahrirlandi; xabarning dastlabki ko‘rinishida kuyovga pichoq qaynotasi tomonidan urilgani yozilgan edi, biroq IIB axborotida gumonlanuvchining kuyovga qanday qarindoshligi ko‘rsatilmagan.