Rossiyaning “Kalashnikov” qurolsoz konserni xususiy investorlari — Andrey Bochkaryov va asli o‘zbekistonlik milliarder Iskandar Mahmudov kompaniyadagi ulushini sotib yuborishga qaror qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Iskandar Mahmudov. Foto: “Kommersant”

“Kommersant” nashri ushbu ma’lumotni konsern bosh direktori Aleksey Krivoruchko va Bochkaryovning o‘ziga asoslanib keltirdi.

Bochkaryov qarorini bugungi kunda serdaromadroq bo‘lgan fuqarolik yo‘nalishidagi boshqa biznes-aktivlarini rivojlantirish niyati bilan tushuntirdi. Uning so‘zlariga qaraganda, “Kalashnikov”ni rivojlantirish ishi bilan Aleksey Krivoruchko shug‘ullanadi.

Iskandar Mahmudov jurnalistlarning qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi.