10-noyabr kuni bitkoina narxi keskin ravishda 6800 dollardan pastga tushib ketdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Getty Images

Coinmarketcap ma’lumotlariga qaraganda, kriptovalyutaning o‘rtacha kursi hozirda 6788 dollarni tashkil etadi, qator birjalarda esa bundanam pastga tushib ketdi.

Aytilishicha, Bitfinex birjasidagi eng past ko‘rsatkich 6671 dollarni, Bitstamp’da esa — 6722 dollarni tashkil etdi.

Shu tariqa, kun boshida 7200 dollar atrofida baholangan bitkoin 5 foizga arzonlashdi.