AdMe Oq uyning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan sirlari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Bolalar bog‘i

Foto: AdMe

Bolalar bog‘i 1968-yilda qurilgan bo‘lib, prezident Lindon B.Jonson va uning rafiqasini prezidentlik muddati tugashi munosabati bilan taqdim etgan xayrlashuv sovg‘asi bo‘lgan. Aynan o‘sha vaqtda birinchi bor toshlarga bolalar qo‘lining bronza izi tushirilgan.

Yegulik va ichimliklar

Foto: AdMe

Prezidentlar Oq uyda xuddi mehmonxonada yashagandek yashashadi, ya’ni har oyning oxirida ularga iste’mol qilgan yeguliklari va foydalangan xizmatlari uchun hisob varag‘i beriladi. Sobiq bosh boshaqruvchi Garri Uoltersning eslashicha, barcha prezident oilalari narxlar yuqoriligidan shikoyat qilishadi. Narxlar yuqoriligidan tashqari prezidentlar tanlovi cheklangan — Oq uydagi barcha vinolar Amerikada ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak.

Yerto‘ladagi shahar

Foto: AdMe

Xaridni amalga oshirish yoki stomatolog yoniga borish uchun prezident oilasining a’zolari yerto‘laga tushishlari kifoya. Binoning shimoliy qanotida do‘kon, bouling, stomatolog xonasi, gullar do‘koni mavjud.

Oq uyga maxfiy kirish joyi

Foto: AdMe

G‘azna va departament o‘rtasida yashirin yerosti yo‘lagi 1920-yilda xavfsizlik nuqtai nazaridan paydo bo‘lgan. Hozirda undan foydalaniladimi yoki yo‘q noma’lum, biroq kirish kun-u tun videonazorat ostida.

Eskirgan texnologiyalar

Foto: AdMe

Yaqin vaqtlarga qadar Oq uyda eski texnologiyalardan foydalanilgan. Wi-Fi’siz sekin internet, oq-qora printer, disketlar va eskirgan telefonlar prezident ma’muriyatining sekin ishlashiga sabab bo‘lgan.

“Ko‘k g‘oz” minbari

Foto: AdMe

Oq uyning brifinglar zalidagi minbarning yana bir nomi “Ko‘k g‘oz”. Ushbu minbardan faqatgina prezidentning chiqishlarida foydalaniladi, chunki u birinchi navbatda o‘q o‘tmas materialdan tayyorlangani bilan prezident xavfsizligini ta’minlaydi.

AQSh hukumatining majlislar zali

Foto: AdMe

Faqatgina prezident ushbu xonada majlis o‘tkaza oladi. Ushbu huquq ramziy ma’noda prezidentlik o‘rindig‘ida ham aks ettirilgan, ya’ni uning balandiligi boshqalarnikidan 5 santimetrga balandroq.