Rossiyaning “Federalnoye agentstvo novostey” nashri Google News sakkiz kunlik tanaffusdan so‘ng ularning materiallarini yana ko‘rsata boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Foto: Google Photos

“FAN” materiallari yangilik agregatida 27-oktabrdan buyon ko‘rsatilmayotgan edi. Servis, shuningdek, agentlikning 2014–2017-yillardagi xabarlari arxivini qaytardi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, u 4-noyabrda blokdan chiqarilgan. Bu payti Google’ning Moskvadagi ofisi ishlamayotgan edi. Shu asosda blokdan chiqarish qarori bevosita AQShdan berilgani taxmin qilinmoqda.

Google News “FAN” agentligini bloklagani “Roskomnadzor”ning e’tirozlariga sabab bo‘lgan edi. Agentlik AQSh korporatsiyasini so‘z erkinligini buzishda ayblagan edi.