70 yil avval dunyodagi eng katta gidrosamolyot Hughes H-4 Hercules birinchi va so‘nggi marta havoga ko‘tarildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uchar qayiq milliarder, aviator, muhandis, prodyuser va rejissor Govard Xyuz tomonidan yaratilgan edi. Martin Skorsezening 2004-yilda Leonardo DiKaprio ishtirokida suratga olingan “Aviator” filmi aynan u haqda hikoya qiladi.
Havo kemasining yagona nusxasi yelim taxtadan yasalib, har biri 3000 ot kuchiga teng sakkizta dvigatel bilan jihozlangan edi. Qulochi 97,4 metr bo‘lgan qanotlari 2017-yil mayigacha dunyoda eng katta bo‘lib qoldi.
Hercules Ikkinchi jahon urushi davrida transatlantik reyslarni amalga oshirish uchun transport samolyoti sifatida qurilgan, amm0 1947-yildagina bitkazilgan. Xyuz 1947-yil 2-noyabr kuni samolyotda yagona parvozini amalga oshirib, Los-Anjeles qirg‘oqlari bo‘ylab 21 m balandlikda qariyb 1,6 km masofani bosib o‘tdi.
Xyuz 1976-yilda vafot etguniga qadar samolyot dvigatelini har oyda ishlatib turdi. Ayni paytda esa u Oregon shtatidagi Evergreen International Aviation muzeyida saqlanmoqda.
Izoh (0)