Janubiy koreyalik olimlar ma’lumotlarni tahlil qilish yo‘li bilan chetdan qaraganda qulay va bezarar ko‘rinuvchi yolg‘iz tushlik qilish holati aslida o‘zida yashirin xavfni aks ettirishini aniqladi, deb xabar beradi “Nauka”.

Foto: “Nauka”

Mazkur xavf yashirin bo‘lsa-da, ammo ba’zi tana qismlarida vaqt o‘tishi bilan sezila boshlaydi. Tushlikni yolg‘iz tanovvul qilish metabolizm sindromi xavfini keltirib chiqaradi. Bu sindrom esa inson organizmida ortiqcha yog‘ to‘planishiga olib keladi.

Mazkur xulosaga kelish uchun olimlar 7752 nafar ko‘ngillilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazadi. So‘rovnoma ishtirokchilaridan ularning nima sababdan yolg‘iz tushlik qilishi va bu hol-hol qanchalik tez-tez takrorlanishi so‘ralgan. Shuningdek, ularning tana vazni haqidagi ma’lumotlar o‘rganilgan.

Shu tarzda yolg‘iz tushlik qiluvchilar “metabolizm sindromi”ga chalingani aniqlandi.

Mazkur sindrom asosan erkaklarda (64 foiz) ko‘p uchrashi ma’lum bo‘ldi. Ayollarda esa mazkur ko‘rsatkich uch marta kamroq uchraydi.